AQSHning uch hududida 1 sentyabr «O‘zbekiston Mustaqilligi kuni» deb e’lon qilindi (foto)

AQSHning uch hududida 1 sentyabr «O‘zbekiston Mustaqilligi kuni» deb e’lon qilindi (foto)

O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan AQSHning Sietl shahri, Oregon shtati va mamlakat poytaxti Vashington, D.C. hududlarida 2026 yil 1 sentyabr rasman «O‘zbekiston Mustaqilligi kuni» deb e’lon qilindi.

Sietl meri Keti B. Uilson, Oregon gubernatori Tina Kotek va Vashington meri Myuriel Bauzer tegishli proklamatsiyalarni imzolagan.

Sietl shahrining O‘zbekiston mustaqillik kuni haqidagi deklaratsiyasi.

Hujjatlarda O‘zbekistonning mustaqillikka erishganidan buyongi 35 yillik taraqqiyot yo‘li, amalga oshirilgan islohotlar va mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzi qayd etilgan. Shuningdek, O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida savdo, investitsiya, texnologiya, ta’lim, turizm va madaniy almashinuvlar kabi sohalardagi hamkorlik rivojlanayotgani ta’kidlangan.

Oregon gubernatori Tina Kotek tomonidan imzolangan proklamatsiyada shtat aholisi ushbu muhim sanani birgalikda nishonlashga chaqirilgan. Hujjat Oregon davlat kotibi Tobias Rid tomonidan ham tasdiqlangan.

Oregоn shtati va Vashington shahri ma'muriyatining O‘zbekiston mustaqilligi haqidagi deklaratsiyasi.

Sietldagi proklamatsiyada esa O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi o‘rni, iqtisodiy salohiyati va Sietl bilan savdo, investitsiya, texnologiya hamda boshqa yo‘nalishlarda hamkorlik qilish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratilgan.

Shu tariqa, O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi arafasida AQSHning turli hududlarida mamlakatning milliy bayramiga rasmiy e’tibor qaratildi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar