Saudiya Arabistonida dunyodagi eng tez attraksion ishlamoqda (video)

Saudiya Arabistonida dunyodagi eng tez attraksion ishlamoqda (video)

Saudiya Arabistonida Falcon's Flight («Lochin parvozi») nomli attraksion ishga tushirildi. U dunyodagi eng ekstremal va ta’sirli attraksionlardan biri sifatida tilga olinmoqda. Attraksion Six Flags Qiddiya City ko‘ngilochar bog‘ida joylashgan bo‘lib, oddiy roller-kosterlardan ko‘ra kuchliroq hislarni istaydiganlar uchun yaratilgan.

Attraksiondagi poyezd soatiga 250 kilometrgacha tezlik bilan harakatlanadi. U yo‘lovchilarni 160 metr balandlikka olib chiqadi va shundan so‘ng yuqori tezlikda pastga tushiradi. Trassaning umumiy uzunligi 4 kilometrdan ortiq bo‘lib, yo‘nalishning bir qismi ulkan qoyalar yonidan o‘tadi. Bu esa yo‘lovchilarda go‘yo chinakam parvoz qilayotgandek taassurot uyg‘otadi.

Falcon's Flight oddiy attraksion emas, balki jasoratni sinab ko‘rish imkonini beruvchi ekstremal tajriba hisoblanadi. Bunday tezlikda inson go‘yo relslar ustida harakatlanayotgandek emas, balki sahro uzra uchib ketayotgandek his qilishi mumkin.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar