Braziliyalik oilada ajablanarli irsiyat: ayrim a’zolarida 24 ta barmoq bor

Braziliyalik oilada ajablanarli irsiyat: ayrim a’zolarida 24 ta barmoq bor

Braziliyalik Da Silva oilasi o‘zining noodatiy irsiy xususiyati bilan dunyo e’tiborini tortgan. Oilaning ayrim a’zolari har ikki qo‘li va oyog‘ida olti tadan barmoq bilan tug‘ilgan.

Bu esa ularda jami 24 ta barmoq — qo‘llarda 12 ta va oyoqlarda yana 12 ta barmoq borligini anglatadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Braziliyada yashovchi katta oilaning bir qator a’zolarida ushbu kamyob xususiyat avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda. Ayrim manbalarda oilaning 20 dan ortiq a’zosidan 14 nafarida qo‘l va oyoqlarda qo‘shimcha barmoqlar borligi qayd etilgan.

Braziliya bayrog‘ini ushlab olti barmoqli qo‘llarini ko‘rsatayotgan odamlar.

Ushbu holat tibbiyotda polidaktiliya deb ataladi. Bu irsiy xususiyat natijasida inson qo‘l yoki oyoqlarida odatdagidan ko‘proq barmoq bilan tug‘ilishi mumkin.

Eng qizig‘i, Da Silva oilasi a’zolari bu xususiyatni kamchilik deb hisoblamaydi. Aksincha, ular o‘zlarining boshqalardan farqli jihatini g‘urur bilan qabul qilib, oddiy hayot tarzini davom ettirib kelmoqda.

Oila a’zolari uchun chaqaloq tug‘ilishi arafasidagi eng qiziq savollardan biri ham uning qiz yoki o‘g‘il bo‘lishi emas, balki besh yoki olti barmoq bilan tug‘ilishidir.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar