Hindistonda suv ombori to‘lib, favqulodda holat e’lon qilindi

Hindistonning Maharashtra shtatida vaziyat jiddiy tus oldi. Bxatgar suv omboridagi suv miqdori 99 foizga yetgani sababli hududda xavfsizlik choralari kuchaytirildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Nepal hududida kuzatilgan kuchli suv toshqinlari, shuningdek, davomli va jadal musson yomg‘irlari suv omboridagi sathning keskin ko‘tarilishiga sabab bo‘lgan.
Suv sathi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biriga yetgach, ehtimoliy xavfning oldini olish maqsadida suv omboridan ortiqcha suv chiqarila boshlangan. Suv Nira daryosi tomon yo‘naltirilmoqda.
Mahalliy mutasaddilar aholi xavfsizligini ta’minlash uchun zarur choralarni ko‘rmoqda. Ayni paytda hududda favqulodda holat e’lon qilingan.
Mutaxassislar musson yomg‘irlari yana davom etsa, suv sathi bilan bog‘liq vaziyat yanada murakkablashishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda.
Hududdagi vaziyat hozircha nazorat ostida bo‘lsa-da, aholiga ehtiyotkorlik choralariga amal qilish tavsiya etilmoqda.






























Izohlar 0
…