Belgacha suv bosgan cherkovda kelin nikohdan o‘tdi

Filippinda 1 sentyabr kuni suv bosgan cherkovda g‘ayrioddiy nikoh marosimi bo‘lib o‘tdi. Bulakan viloyatining Xagonoy shahridagi Saint John the Baptist cherkoviga kuchli yomg‘irlar sabab belgacha suv kirganiga qaramay, Leyan Liyeza Galang va Gilbert Chiko to‘yni qoldirmadi.
Cherkov ma’muriyati marosimni boshqa kunga ko‘chirishni taklif qilgan. Biroq juftlik rejasidan voz kechmagan. Kelin oq libosda suvni kechib, mehrob tomon borgan.
Suv sathi baland bo‘lgani uchun kelinning libosi ham maxsus qisqartirilgan. Marosimda 15 nafardan kam yaqinlari ishtirok etgan.
To‘ydan olingan surat va videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, ko‘plab foydalanuvchilarning e’tiborini tortdi.






























Izohlar 0
…