Nyu-Yorkda yashin urgan erkak omon qoldi (video)

Nyu-Yorkda yashin urgan erkak omon qoldi (video)

AQSHning Nyu-York shahrida Tomas Faxmi ismli erkak yashin urishidan omon qoldi. Voqea Steyten-Aylend hududida 2026 yil 27 avgust kuni kuchli yomg‘ir va momaqaldiroq vaqtida sodir bo‘lgan. Bu haqda Nur.kz xabar berdi.

Faxmi mashinasi tomon ketayotganida, avtomobildan taxminan 5 metr uzoqlikda yashin urgan. Hodisa yaqin atrofdagi uyning kuzatuv kamerasiga ham tushgan. Videoda yashin chaqnaganidan so‘ng erkakning yerga yiqilgani ko‘rinadi.

Faxmining aytishicha, zarbadan keyin tanasida kuchli ta’sirni his qilgan. Ayniqsa, har ikki oyog‘ida kuchli achishish, sanchish, uvishish va qattiq og‘riq kuzatilgan.

Shunga qaramay, u hushini yo‘qotmagan. Bir necha soniyadan so‘ng o‘rnidan turib, yordam so‘rash uchun yaqin atrofdagi uy tomon yo‘l olgan. Qo‘shnisi uning yordam so‘rab baqirganini eshitib, ko‘makka chiqqan.

Shundan so‘ng Faxmi shifoxonaga olib borilgan. Shifokorlar uni tun davomida kuzatuv ostida ushlab, bir qator tekshiruvlardan o‘tkazgan. Unda jiddiy jarohatlar aniqlanmagan va ertasi kuni shifoxonadan uyiga javob berilgan.

Faxmining yashin urishidan omon qolishi yaqin atrofdagi kuzatuv kamerasiga tushgani sababli voqea keng tarqaldi. Erkak hodisadan so‘ng hayotga bo‘lgan munosabati o‘zgarganini va har bir kunni qadrlash kerakligini aytgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar