15:24 / 12.06.2017
7 148

Melanya Tramp nihoyat Oq uyga ko‘chib o‘tdi

Melanya Tramp nihoyat Oq uyga ko‘chib o‘tdi
AQSh birinchi xonimi Melanya Tramp va uning 10 yoshli o‘g‘li Berron Donald Tramp AQSh prezidenti bo‘lganidan so‘ng 4 oy o‘tib, Oq uyga ko‘chib o‘tishdi. Bu haqda Melanya Trampning o‘zi Twitter’dagi sahifasiga qarorgoh derazasidan tushirilgan rasmni joylab ma’lum qildi.

“Yangi uyimizda bo‘ladigan voqealarni sabrsizlik bilan kutyapman”, – deb yozadi birinchi xonim.

Bundan avval prezident oilasi Manxettendagi Trump Tower osmono‘par binosida yashar edi. Ular o‘quv yili tugagunicha Oq uyga ko‘chib o‘tishmadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq amerikalik yozuvchi Monika Birn Melanya Trampni Donald Trampga xiyonat qilayotganlikda ayblagan edi. Birnning taxminiga ko‘ra, aynan shu sababli birinchi xonim Vashingtonga ko‘chib o‘tishni xohlamagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Melanya Tramp nihoyat Oq uyga ko‘chib o‘tdi