Jahongir Otajonov o‘ziga yoqmaydigan xislatini ham ochiq aytdi: "Tashlolmayman"

Jahongir Otajonov o‘ziga yoqmaydigan xislatini ham ochiq aytdi: "Tashlolmayman"

Xonanda Jahongir Otajonovdan “Qaysi xislatingiz o‘zingizga yoqmaydi?” deya so‘rashdi. San’atkor savolga ochiq javob berib, o‘zida yoqmaydigan jihatlardan biri nos chekish odati ekanini aytdi.

“Menga nos chekishim yoqmaydi. Tashlolmayman ham”, — dedi xonanda.

Shuningdek, undan Humo Arenada o‘tkazilgan so‘nggi ikki konserti juda muvaffaqiyatli o‘tgani, navbatdagi konsertini qachon tashkil etish niyatida ekani so‘raldi.

“Qachon, qaysi tashkilotchining puli yetsa, hozir ham qo‘yishim mumkin. Menimcha, tashkilotchilarga qimmatga tushyapti. Kuzga ham so‘rashdi. Men, to‘g‘risi, gonorarga ishlayman. O‘zimning gonorarim bor, shuni so‘rayman, boshqa hech narsaga aralashmayman. Faqat borib, sahnaga chiqaman. U nima qiladi, qanday chipta sotadi, qanday reklama qiladi — bu narsalar mening ishim emas.

Shuning uchun ko‘pchilik tashkilotchilar chiqishga cho‘chishadi, to‘g‘risi. Qachon puli tayyor bo‘lsa, bosh ustiga”, — deya javob berdi Jahongir Otajonov.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar