“Xudoning ko‘zi” deb ataluvchi g‘or Zebo Raximovani ham hayratga soldi (video)

Aktrisa va bloger Zebo Raximova turli davlatlarga qilayotgan sayohatlari davomida u yerdagi diqqatga sazovor maskanlarni kuzatuvchilari bilan bo‘lishib keladi. Uning Bolgariyaga navbatdagi safari ham e’tibordan chetda qolmadi.
Aktrisa mamlakatdagi “Xudoning ko‘zi” deb nomlanuvchi tabiiy g‘orga tashrif buyurgani aks etgan videoni Instagram sahifasiga joylashtirdi. G‘orning o‘ziga xos ko‘rinishi va uning nomi ko‘pchilikning qiziqishiga sabab bo‘lgan.
Zebo Raximova g‘or nega aynan “Xudoning ko‘zi” deb atalishi haqida ham ma’lumot berdi.
“Nega “Xudoning ko‘zi” deyiladi?” degan savolga aktrisa mahalliy aholidan olingan izohni keltirgan:
“G‘orning shiftida ikkita deyarli bir xil, bodomsimon ulkan teshik bor. Ular tabiiy eroziya natijasida hosil bo‘lgan. Pastdan qaraganda aynan ikkita katta ko‘zga o‘xshaydi. Quyosh nuri shu teshiklardan ichkariga tushadi.
Yomg‘ir paytida esa teshiklardan suv oqib tushib, go‘yoki 'Xudoning ko‘zidan yosh oqayotgandek' ko‘rinadi. Bu g‘orni ayniqsa dramatik qiladi”, — deya yozgan Zebo Raximova.
Aktrisaning videosi kuzatuvchilar orasida ham qiziqish uyg‘otgan. Izohlarda ko‘plab foydalanuvchilar Bolgariyaga sayohat qilish istagini bildirgan va mamlakatga borishsa, aynan ushbu g‘orga tashrif buyurishni xohlashlarini yozgan.






























Izohlar 0
…