Seul ko‘chalarida yuzlab Pikachu paydo bo‘lib, barchani hayratga soldi

Janubiy Koreya poytaxti Seul markazida yuzlab Pikachu obrazidagi ishtirokchilar ishtirokida noodatiy ommaviy shou bo‘lib o‘tdi. Tadbir aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqalib, foydalanuvchilar e’tiborini tortdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur tadbir Pokémon franshizasining 30 yilligiga bag‘ishlangan festival doirasida tashkil etilgan. Unda Pokémon olamining eng mashhur qahramonlaridan biri — Pikachu obrazidagi yuzlab ishtirokchilar Seul ko‘chalariga chiqib, birgalikda namoyish uyushtirgan.
Rang-barang liboslar va ko‘plab Pikachular ishtirokidagi shou shaharning markaziy qismida o‘ziga xos manzarani yuzaga keltirdi. Festival Pokémon muxlislarini bir joyga jamlab, ularga sevimli qahramonlari bilan bog‘liq tadbirda ishtirok etish imkonini berdi.
Tadbirdan olingan lavhalar esa ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, Seuldagi noodatiy manzaraga qiziqish uyg‘otdi.































Izohlar 0
…