BTS a’zosi Jin Seulda 7,2 million dollarlik bino sotib oldi

BTS guruhi a’zosi Jin (Kim Sokjin) Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrining Hannam-dong tumanida joylashgan tijorat binosini 9,6 milliard von (taxminan 7,18 million dollar) evaziga sotib oldi.
Ko‘chmas mulk bozori vakillari va mulk reyestri ma’lumotlariga ko‘ra, bino avval «Ourhome» kompaniyasining sobiq raisi Ku Mi Xyon va uning oilasiga tegishli bo‘lgan. Jin ushbu obyektga egalik huquqini 4 noyabr kuni rasmiylashtirgan.
1990 yil may oyida qurilgan bino bir yerosti va to‘rt yer usti qavatidan iborat. Uning umumiy maydoni 303 kvadrat metrni tashkil etadi. Obyekt Seuldagi hashamatli turar joy majmualari — Hannam The Hill va Nine One Hannam yaqinida joylashgan.
Ku Mi Xyon oilasi binoga 2025 yil iyul oyida 6,8 milliard vonga egalik qilgan. Shundan so‘ng unda keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari olib borilgan. Taxminan bir yilu to‘rt oy o‘tib, bino 9,6 milliard vonga Jinga sotilgan. Shu tariqa, avvalgi egalari xarid va sotuv narxlari o‘rtasidagi farq hisobidan 2,8 milliard von foyda ko‘rgan. Bunda ta’mirlash xarajatlari va soliqlar hisobga olinmagan.
Binoga egalik huquqi o‘zgarganidan keyin uning nomi «Jini» deb o‘zgartirilgan. Hozirda binoda ichki ta’mirlash ishlari davom etmoqda. Jin undan qanday maqsadda foydalanishi hozircha ma’lum emas.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…