Ekvadorda yo‘lovchilar bilan to‘la ikki qavatli avtobus ag‘darilib ketdi

Ekvadorda yo‘lovchilar bilan to‘la ikki qavatli avtobus ag‘darilib ketdi

Ekvadorning Azogus shahrida bitiruvchilar paradi vaqtida yo‘lovchilar bilan to‘la ikki qavatli avtobus ag‘darilib ketdi. Hodisa vaqtida avtobusda asosan yoshlar bo‘lgani ma’lum qilinmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtohalokat oqibatida 22 kishi jarohatlangan. Ularning aksariyati voyaga yetmaganlar ekani aytilmoqda. Jarohatlanganlarning barchasi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonalarga olib ketilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayrim jabrlanganlarda bosh va ko‘krak qismidan jarohatlar, shuningdek, qo‘l sinishi holatlari aniqlangan.

Hozircha hodisa oqibatida halok bo‘lganlar haqida ma’lumot berilmagan. Avtobusning nima sababdan muvozanatini yo‘qotib, ag‘darilgani yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Rasmiylar avtohalokatning aniq sababini aniqlash bo‘yicha tekshiruv davom etayotganini bildirgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar