Xitoyda bolakay poyezd va platforma orasiga tushib ketdi (video)

Xitoyda bolakay poyezd va platforma orasiga tushib ketdi (video)

Xitoyning Sichuan provinsiyasidagi Chendu Sharqiy vokzalida noxush hodisa yuz berdi. Onasi bilan poyezdga chiqayotgan bolakay ehtiyotsizlik oqibatida poyezd va platforma orasidagi tirqishga tushib ketdi.

Hodisa 5 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan taxminan soat 12:31 da G8645 poyezdi vokzalga kelgan paytda sodir bo‘lgan. Navbatchilik qilayotgan temiryo‘l politsiyasi xodimi Li Yanjun bolakayning tushib ketganini ko‘rib, darhol yordamga oshiqqan. U bolaning yaqinlari bilan birgalikda uni tirqishdan chiqarib olgan.

Shundan so‘ng tibbiyot xodimlari bolani tekshirgan. Uning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetmagani ma’lum bo‘lgan. Keyinchalik bolakay yaqinlari bilan safarini davom ettirgan.

Temiryo‘l politsiyasi yo‘lovchilarni poyezdga chiqish va tushish vaqtida bolalarni diqqat bilan kuzatishga, platforma bilan poyezd orasidagi tirqishga e’tibor berishga chaqirdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar