22:51 / 24.06.2017
5 812

Misr prezidenti Saudiya Arabistoniga ikkita orolni berish kelishuvini imzoladi

Misr prezidenti Saudiya Arabistoniga ikkita orolni berish kelishuvini imzoladi
Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiy dengiz chegarasini demarkasiya qilish kelishuvini ratifikasiya qildi. Unga ko‘ra Saudiya Arabistoniga Qizil dengizdagi Tiran va Sanafir orollari o‘tadi. Bu haqda 24 iyunda Reuters axborot agentligi xabar berdi.

Kelishuv imzolangandan keyin kuchga kiradi.

21 iyunda Misr oliy konstitusiyaviy sudi avval sud tomondan orollarning topshirilishi kelishuvi bo‘yicha chiqarilgan qarorlar bajarilishini "bu kelishuvning qonuniyligi va konstitusiyaga muvofiqligi aniqlangungacha" to‘xtatgandi. Bundan bir hafta oldin kelishuv Misr parlamenti tomondan ratifikasiya qilingandi.

Joriy yil boshida Misr oliy sudi orollarning berilishini noqonuniy deb topgandi.

Tomonlar kelishuvni Saudiya Arabistoni qirolining 2016 yil aprelda Misrga tashrifi vaqtida imzolashgandi. Qohira o‘shanda orollar topshirilishini ular aslida Saudiya Arabistoni qirolligiga tegishli ekanini, ular faqatgina 1950 yildan boshlab saudiyaliklar iltimosi bilan Misr himoyasida bo‘lgani bilan tushuntirgan. Qohiraning bu qarori ko‘plab misrliklarning qarshiligiga sabab bo‘lib, ko‘plab norozilik aksiyalarini keltirib chiqargandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Misr prezidenti Saudiya Arabistoniga ikkita orolni berish kelishuvini imzoladi