Angliyada attraksion to‘xtab, 27 kishi 15 metr balandlikda qolib ketdi

Angliyaning Loustoft shahridagi Pleasurewood Hills ko‘ngilochar bog‘ida xavfli hodisa yuz berdi. Wipeout nomli rolikli attraksion relsda to‘xtab qolishi oqibatida undagi 27 nafar yo‘lovchi yer sathidan taxminan 15 metr balandlikda qolib ketdi.
Hodisa 31 avgust kuni soat 13:26 atrofida sodir bo‘lgan. Attraksion vagonlari taxminan 15 metr balandlikda to‘xtagan, biroq yo‘lovchilar teskari holatda qolmagan.
Qutqaruv ishlariga Saffolk yong‘in-qutqaruv xizmati jalb etilgan. Mutaxassislar maxsus balandlikda qutqaruv uskunalari, havo narvoni va qaychi ko‘taruvchi platformadan foydalanib, yo‘lovchilarni birma-bir yerga tushirgan.
Barcha 27 kishi soat 16:05 ga qadar xavfsiz tarzda qutqarilgan. Hodisa oqibatida hech kim jarohatlanmagan.
Wipeout Pleasurewood Hills bog‘idagi yirik attraksionlardan biri hisoblanadi.
Hodisaga nima sabab bo‘lgani hozircha aniq ma’lum qilinmagan.






























Izohlar 0
…