Qizini fastfuddan qaytarish uchun ota noodatiy usulni tanladi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir otaning farzandini to‘g‘ri ovqatlanishga o‘rgatish uchun qo‘llagan o‘ziga xos usuli keng e'tibor tortdi. Ota qiziga kompyuter animatsiyasi yordamida iste'mol qilingan mahsulotlarning qorin ichidagi ko‘rinishini eslatuvchi tasvirlarni ko‘rsatdi. Bu videodagi tasvirlar haqiqiy tibbiy tekshiruv natijasi bo‘lmay, bolaga foydali va zararli oziq-ovqatlar farqini tushuntirish uchun tayyorlangan maxsus animatsiyadir.
Ijtimoiy tarmoqlarda bir otaning qizini sog‘lom ovqatlanishga undash uchun qo‘llagan noodatiy usuli ko‘plab foydalanuvchilar e’tiborini tortdi. U qiziga ultratovush (UZI) tekshiruviga o‘xshash kompyuter animatsiyasi orqali iste’mol qilgan oziq-ovqatlarning qorin ichidagi "tasvirini" namoyish etdi.
Biroq videoda aks etgan tasvirlar haqiqiy tibbiy tekshiruv natijasi emas. Ular bolaga foydali va zararli oziq-ovqatlar o‘rtasidagi farqni sodda va qiziqarli usulda tushuntirish maqsadida tayyorlangan animatsiyadan iborat.
Mazkur video ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Ko‘pchilik foydalanuvchilar bunday ijodiy yondashuv bolalarda sog‘lom ovqatlanish odatini shakllantirishda samarali usullardan biri bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Ayrim mutaxassislar ham farzand tarbiyasida faqat taqiqlar emas, balki tushuntirish va qiziqarli usullar orqali motivatsiya berish ko‘pincha yaxshiroq natija berishini qayd etadi.






























Izohlar 0
…