
Erning yo‘ldoshi Oyda yaqin orada uyali aloqa paydo bo‘lishi mumkin. Oyda ilk mobil aloqa stansiyasini 2018 yilda qurish rejalashtirilmoqda.
Part Time Scientists nomli startap Oy sirtida LTE uyali aloqasini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha rejasini ishlab chiqmoqda. Bu aloqa kompaniya roverlariga (lunoxodlariga) pul va zaxiralarni tejagan holda Erdagi jamoa bilan muloqot qilishga imkon beradi.
Oyda signal nuqtasini yaratish uchun unga vositalarni etkazishda Falcon 9 raketasidan foydalaniladi.
Nemis startapi SpaceX kompaniyasi bilan o‘zining Alina koinot kemasini fazoga yuborish bo‘yicha shartnoma tuzgan. Kema Oyga qo‘nganda, Audi Lunar Quatro rovers lunoxodi Oyda “Apollon-17” kemasi missiyasi qo‘ngan joyga qo‘ndiriladi.
Space.com’da bu haqda berilgan xabarga ko‘ra, kompaniyada Oyda LTE tizimini yoyish bo‘yicha Vodafone bilan shartnoma mavjud. Alina’ning o‘zi esa ikkita rover aloqasini qo‘llab-quvvatlab, so‘ngra ma’lumotlarni Erdagi jamoaga yuboradigan bazaviy stansiya bo‘lib xizmat qiladi.
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar