Sun’iy ong sohasida yetakchi bo‘ladigan davlat dunyo ustidan hukmronlikni qo‘lga olishi mumkin. Bunday fikrni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yaroslavlda o‘tgan “Kelajakka intilayotgan Rossiya” ochiq darsi davomida bildirdi. Bu haqda «RBK» nashriga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.
“Sun’iy ong – bu nafaqat Rossiya, balki butun insoniyat kelajagidir. Bu yerda ulkan imkoniyatlar va bugungi kunda bashorat qilinishi qiyin bo‘lgan tahdidlar mavjud. Bu sohada kim yetakchi bo‘la olsa, o‘sha dunyo hukmroni bo‘ladi”, deb aytgan Putin.
Putinning aytishicha, sun’iy ong texnologiyalarini rivojlantirish nafaqat dunyoga yangi imkoniyatlar ochib beradi, balki unga yangi xavflar soladi. Putin sun’iy ongni rivojlantirish sohasida kimdir yakka hukmron bo‘lishini istamasligini tan olgan va Rossiya monopolchi maqomiga da’vogarlik qilmasligiga va’da bergan.
“Agar biz bu sohada yetakchi bo‘lsak, u bilan hozirda atom texnologiyalari, yadro texnologiyalarimizni bo‘lishayotganimizdek bo‘lishamiz”, deb qo‘shimcha qilgan Putin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar