
Rossiya va AQSh o‘rtasidagi konstruktiv munosabatlar xalqaro barqarorlikning zaruriy negizi hisoblanadi, ularning yomonlashuvidan esa butun dunyo hamjamiyati aziyat chekadi. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Moskva va Vashington o‘rtasidagi munosabatlarda yuzaga kelgan inqirozga izoh berish vaqtida aytib o‘tdi, deb yozadi Kun nashri.
“Menga shu narsa ayonki, xalqaro tinchlik va barqarorlikning muhim ustunlari AQSh va Rossiya o‘rtasidagi ijobiy va konstruktiv munosabatlar bo‘lishi kerak. Umid qilamanki, bunday munosabatlar o‘rnatiladi”, deb aytgan Guterrish.
Uning aytishicha, “bu munosabatlar izdan chiqqanda, butun xalqaro hamjamiyat aziyat chekadi va bu ayondir”. Guterrish Moskva va Vashington o‘rtasida fikrlar umumiyligi bo‘lganda dunyoning ko‘plab masalalarini hal qilish osonroq kechishini ta’kidlab o‘tdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar