
23-yoshli Jordin Kleverli to‘yi kuni buvisining a’lo darajada saqlanayotgan kelin ko‘ylagini kiyishga qaror qildi. Ayol ushbu ko‘ylakda 1962 yili turmushga chiqqan.
Jordinning buvisi uning rejalaridan mutlaqo bexabar bo‘lgan. Kelin ushbu sirni to‘y kuniga qadar saqlashni rejalashtirib, keyin ushbu fikridan qaytdi. O‘zining kelinlik libosini nabirasi egnida ko‘rgan ayol hissiyotlarga berilib ko‘z yosh to‘kishi aniq edi, Jordin tantana kuni buvisini bunday holatga solib qo‘yishni istamadi.
Oxir-oqibat, Jordin to‘y oldi fotosessiyasiga buvisini chaqirgan va ayolning hayrat hamda quvonch to‘la nigohlari ham kadrga muhrlangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing