O‘zbekiston bilan o‘yindan keyin Ronaldu aeroportda qattiq tekshirildi (video)

Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu O‘zbekistonga qarshi o‘yindan keyin Xyuston aeroportida qat’iy xavfsizlik tekshiruvidan o‘tdi.
Xavfsizlik xodimlari undan sumkasini tekshiruv uchun taqdim etishni so‘ragan. Ronaldu vaziyatga hazil bilan yondashib, ko‘zoynagini ham yechishi kerakmi, degan ishora qildi. Shunga qaramay, tekshiruv belgilangan tartibda davom ettirildi.
Portugaliya terma jamoasi endi 28 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan Kolumbiyaga qarshi bahs uchun Mayami shahriga yo‘l oldi.
Ma’lumot uchun, Portugaliya ayni paytda “K” guruhida 4 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Guruhning ikkinchi turida portugaliyaliklar O‘zbekistonni 5:0 hisobida mag‘lub etgan, Ronaldu esa dubl qayd etgan edi.
Bu gollar orqali tajribali hujumchi Jahon chempionatlari tarixida Portugaliya safida urilgan gollar sonini 10 taga yetkazib, afsonaviy Eysebiuning 9 gollik rekordini yangiladi.






























Izohlar 0
…