
Pokiston shimoli-g‘arbidagi Garday qishlog‘ida sodir bo‘lgan ko‘chki oqibatida sakkiz nafar bola halok bo‘ldi, yana ikki nafari jarohat oldi. Bu haqda «Korrespondent.net»ga tayanib, «Daryo» xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, noxush hodisa Bajor qabilasi hududida, bolalar o‘z uylarini mustahkamlash uchun tuproq yig‘ayotgan vaqtida sodir bo‘lgan. Yetti nafar qiz va bir nafar bola vafot etgan, yana ikki nafar qizni qutqarishga muvaffaq bo‘lingan. Bolalarning yoshi 8—10 oralig‘ida bo‘lgan.
Mahalliy amaldor Orif Xonning qo‘shimcha qilishicha, qutqaruvchilar uzoq vaqt davomida bolalarni ko‘chki ostidan qutqarib olish operatsiyasini amalga oshirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar