Rossiyaning Moskva shahrida politsiya va “FSB” tashkiloti xodimlari hamkorligidagi tezkor tadbir natijasida ikki shubhali shaxs qo‘lga olindi.
Ushbu shaxslar mahalliy ko‘p qavatli uyning eshigiga portlovchi vosita (harbiy granata) o‘rnatayotganlikda gumon qilingan.
Qo‘lga olinganlardan biri moskvalik 21 yoshli yigit bo‘lib, u muqaddam 2013 yilda bosqinchilik aybi bilan jazoga tortilgan.
Politsiyaning ma’lumotiga ko‘ra, ikkinchi shaxs 26 yoshli o‘zbekistonlik fuqaro ekanligi aniqlangan. U ham muqaddam sudlangan. Uning Rossiyada yoki O‘zbekistonda jazo tortilgani borasida aniq ma’lumot berilmagan.
Har ikkala shaxsga nisbatan Rossiya Federatsiyasi jinoyat protsessual kodeksining 91-moddasiga binoan vaqtinchalik qamoqqa olish chorasi qo‘llanilgan.
Granata qo‘yilgan qo‘p qavatli uydagi podezd tekshirilganda aynan shu payt vaqtincha ishsiz ayol va uning bolasi, bundan tashqari, professor unvoniga ega shifokor kishi o‘z xonadonida bo‘lgani aniqlangan, qolgan xonadon egalari esa uylarida bo‘lishmagan.
23 oktyabr kuni politsiya qo‘lga olingan gumonlanuvchilarga nisbatan Rossiya Federatsiyasi jinoyat kodeksining 30-moddasi 3-qismi hamda 105- va 222-moddalariga binoan jinoiy ish ochilgan.
“Zona Media” nashri xabariga ko‘ra, Rossiya huquq-tartibot xodimlari 2017 yilning 10 oktyabr kuni mahalliy “Arkada Xaus” ko‘p qavatli uy eshigi ostidan “RGD-5” rusumli harbiy granata topishgan edi. Taxminlarga ko‘ra, portlovchi vosita xonadon egalariga emas, ushbu yo‘lak eshigidan kirishi kutilgan shaxsga qaratilgan bo‘lishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Samarqandda voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi ushlandi
Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"
AQSHda Tramp siyosatidan qochmoqchi bo‘lganlarga 4 yillik sayohat taklif qilindi