20:36 / 03.12.2017
6 573

Bugun yarim tunda yuz beradigan Superoymoma hodisasi kuchli zilzila va suv toshqinlarini chaqirishi mumkin ekan

Bugun yarim tunda yuz beradigan Superoymoma hodisasi kuchli zilzila va suv toshqinlarini chaqirishi mumkin ekan
Shu haqda dunyoning ko‘zga ko‘ringan astrologlari alohida to‘xtalib o‘tishdi. Aytishdiki, oy yer sayyorasiga bu qadar yaqin kelgan mahal sayyoraning gravitatsiya maydoniga sezilarli ta’sir ko‘rsata boshlaydi. Bu masalada yaqin o‘tmishda yuz bergan turli tabiiy ofatlarni misol sifatida keltirib o‘tishdi. Masalan, 2004 yili sodir bo‘lgan superoy hodisasi Indoneziyaga magnituda kuchi 9,2 ballga teng zilzilani taqdim etgan.

Ketidan suv toshqinlari boshlangan. 2008 yilgi superoy natijasida esa Xitoyda magnituda kuchi 8 ball, 2010 yili Chilida 8,8 ball kuchli zilzila sodir bo‘lgan. 2011 yili esa navbatdagi superoy hodisasi sodir bo‘lib, dahshatli bo‘ron, suv toshqinlarini keltirib chiqargan. Bir so‘z bilan aytganda, Oy Yerga yaqinlashdimi, okeanlardagi suvlar toshishiga, seysmik faollik kuchayishiga sababchi bo‘ladi. Agar superoy hodisasi paytida Yer, Oy va Quyosh bir chiziqqa turib qolsa, unda dahshatli bo‘ronlar, suv toshqinlari kuchi yana 50 foizga ortarkan.

Biroq NASA tashkiloti olimlaridan biri Jeyms Garvin bu fikrlarga kuchli e’tibor qaratish shart emasligini aytib o‘tdi. Olimning aytishicha, Oyning sayyoramizga yaqinlashishi yer ostidagi plitkalarni o‘rnidan qo‘zg‘ata olmas ekan.

Yana olimlar shu narsani aytib o‘tishdiki, Superoy hodisasi surunkali xastaliklarga uchraganlarni bezovta qilib o‘tishi mumkin. Shu sababli bemorlar oldindan hodisaga ruhan tayyorlanishlari, salomatliklarini jiddiy nazoratda ushlashlari talab etiladi.
Nima bo‘lganda ham qodir Xudo! Yaratganning o‘zi bandalarini ofatlardan panohida asrasin!

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bugun yarim tunda yuz beradigan Superoymoma hodisasi kuchli zilzila va suv toshqinlarini chaqirishi mumkin ekan