Internetda xitoylik erkakning ko‘p qavatli uydagi yong‘indan qutulib qolgani videosi paydo bo‘ldi.
Erkak 28-qavatdagi xonadoni derazasidan tashqariga chiqib, pastki qavatda joylashgan xonadonning temir panjarasiga osilib tushgan va u yerda o‘t o‘chiruvchilar kelguncha bir necha daqiqa turishiga to‘g‘ri kelgan.
Hozirda sababi aniqlashtirilayotgan yong‘in Chunsin shahridagi turar joy binolarining birida yuz bergan. Yong‘in uyning 31-qavatidagi xonadonlardan birida boshlangan.
Voqea joyiga 11 ta o‘t o‘chirish brigadasi kelgan. Yong‘inni yarim soat ichida o‘chirishga muvaffaq bo‘lingan. Yong‘in oqibatida qurbonlar bo‘lmagan.
Qo‘shni uydan olingan videoda erkak panjaraga osilgancha, qo‘shnisi uyining oynasini oyog‘i bilan tepib sindirishga harakat qilayotgani tasvirlangan. Bu orada uning ustiga yuqoridan yonayotgan bo‘laklar tusha boshlagan. Biroq hammasi baxtli yakun topib, yordamga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar uni xonadon ichiga tortib olishgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi