Parizoda 39 yoshini va to‘yining 16 yilligini nishonlamoqda (video)

Parizoda 39 yoshini va to‘yining 16 yilligini nishonlamoqda (video)

Raqqosa Parizoda bugun, 19 sentyabr kuni o‘zi uchun ikki karra bayram ekanini ma’lum qildi. U ayni sanada tug‘ilgan kunini nishonlayotgan bo‘lsa, bundan 16 yil avval ham shu kuni turmush qurgan.

San’atkor ushbu quvonchli sanalar munosabati bilan ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida nostaljik video bilan bo‘lishdi. U videoga izoh qoldirib, bugun uning hayotidagi ikki muhim sana bir kunga to‘g‘ri kelishini ta’kidlagan.

“Nostalgiya. Bugun to‘y kunimizga 16 yil bo‘libdi. Bugun ikkita qo‘sha bayram — tug‘ilgan kunim va to‘y kunimiz”, — deya yozgan Parizoda.

Shunday qilib, raqqosa bugun 39 yoshini qarshi olayotgan bo‘lsa, oilaviy hayotining 16 yilligini ham nishonlamoqda. Parizodaning kuzatuvchilari esa uni har ikki sana bilan tabriklab, samimiy tilaklarini bildirishmoqda.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar