Mushuksevarlar mamlakati qaysi? Reytingda qaysi davlat birinchi o‘rinda?

Rossiya dunyoda uy mushuklari eng ko‘p yashaydigan mamlakat sifatida qayd etildi. Mamlakatdagi xonadonlarning 59 foizida kamida bitta mushuk bor. Bu ko‘rsatkich reytingga kiritilgan davlatlar orasida eng yuqorisi hisoblanadi.
Bu haqda Indoneziyaning Seasia Stats tahliliy platformasi ma’lum qildi.
Rossiyadan tashqari Ruminiya, Polsha, Latviya va Vengriyada ham mushuk boqadigan xonadonlar ulushi yuqori ekani qayd etilgan.
Ayni paytda Janubi-Sharqiy Osiyoda ham mushuk egalari soni sezilarli darajada oshib bormoqda:
Indoneziya — 47 foiz;
Filippin — 43 foiz;
Tailand — 42 foiz.

Ekspertlar bu tendensiyani, avvalo, urbanizatsiya va shahar turmush tarzi bilan bog‘lamoqda. Mushuklar nisbatan kichik xonadonlarga oson moslashadi, ko‘p joy talab qilmaydi va mustaqilroq hayvon hisoblanadi.































Izohlar 0
…