10:06 / 26.12.2017
4 483

Buyuk Britaniyadagi eng xaridorgir uy 30 million funt evaziga sotuvga qo’yildi

Buyuk Britaniyadagi eng xaridorgir uy 30 million funt evaziga sotuvga qo’yildi
Britaniyaning mashhur ko’chmas mulk sayti fuqarolar o’rtasidagi eng xaridorgir uyning qaysi ekanligi ma’lum qildi. Mazkur turarjoy binosi Londonda joylashgan 30 mln funtlik hovli bo’lib chiqdi.

Xabarda aytilishicha, uy Kensington tumanida joylashgan. Hovlining umumiy maydoni 1114 kvadrat metrga teng bo’lib, ichida o’nlab yotoqxonalar mavjud.

Shuningdek uyda to’rtta mehmonxona, basseyn, sauna, katta terassa ham bor.

Uyning uchta xonasidan bevosita mehmonxonaga chiqish mumkin va bu yerga yoy shaklidagi deraza o’rnatilgan. Uyning birinchi qavatida esa basseyn va spa-kompleksi joylashgan.

Shuningdek uyda trenajor zallari ham bor. Uy yerto’lasi 12 kishi uchun mo’ljallangan kinoteatrga aylantirilgan.

Ertaknamo uy derazalaridan Xollan va Gayd-park manzaralari ko’zga tashlanib turadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)