Apple sudda Steve Jobs kompaniyasiga mag‘lub bo‘ldi

Apple sudda Steve Jobs kompaniyasiga mag‘lub bo‘ldi
Jinsi ishlab chiqaruvchi Steve Jobs firmasi Amerikaning Apple kompaniyasi ustidan g‘alaba qozondi.

2012 yilda aka-uka Vinchenso va Jakomo Barbatolar Apple hammuassisi Stiv Jobs nomi bilan savdo markasini ro‘yxatdan o‘tkazishga qaror qilishdi. Aka-uka Barbatolar shu nom ostida jinsi ishlab chiqara boshlashdi.

Ta’kidlanishicha, Apple italiyaliklarni sudga berishga shoshilgan. Biroq bunga kompaniya nomi emas, uning logosi sabab bo‘lgan — tishlangan olmaga o‘xshash J harfi.

Shunga qaramay, sud italiyaliklarni haq deya qaror chiqardi. Steve Jobs esa o‘z assortimentini yanada kengaytirish niyatida.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar