00:15 / 11.01.2018
7 038

Kuban hayvonot bog’idagi quyonlar bir yoshlik qizchaning qo’lini tishlab olishdi

Kuban hayvonot bog’idagi quyonlar bir yoshlik qizchaning qo’lini tishlab olishdi
Rossiyalik bir yoshli qizaloqning beg’ubor va yoqimtoy jonivorlar bilan tanishishga urinishi xatarli yakun topdi.

Xabar berilishicha, qizaloqning ota-onasi hali ikkiga ham to’lmagan farzandlarini hayvonot bog’iga olib borib, jonivorlarni silab ko’rishi uchun ruxsat berishgan. Oradan bir daqiqa o’tmay qizaloq yig’lay boshlagan, qizchaning onasi esa uning qo’lidan qon oqayotgani va chuqur jarohat paydo bo’lganini ko’rgan.

“Men o’zimdan aybni soqib qilmoqchi emasman, ammo o’z jonivorlaringizni bolalar tomon qo’yib, ularni silashga ruxsat berib, birga suratga tushirar ekansizlar, jonivorlar uchun javobgar bo’lishingiz ham kerak – deydi qizaloqning onasi. – Bu yerdagi quyonlar yoki yovvoyi, yoki juda och...”

Qizchaning ota-onasi hayvonot bog’i sohiblari bilan bahslashib o’tirishmadi va bolani shifokor huzuriga olib ketishdi.

Hodisaning keyingi tafsilotlari esa hech kimga ma’lum emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kuban hayvonot bog’idagi quyonlar bir yoshlik qizchaning qo’lini tishlab olishdi