Amerikalik ayol 700 ming dollarga soxta taqinchoqlar sotib oldi

AQSHlik ayol Hindistonning Jaypur shahrida zargarlik buyumlarini xarid qilib, katta miqdorda puldan ayrildi. U qimmatbaho deb o‘ylagan taqinchoqlari uchun 700 ming dollar to‘lagan.
Biroq oradan vaqt o‘tib, ayanchli haqiqat ma’lum bo‘lgan — xarid qilingan buyumlar aslida soxta bo‘lib chiqqan. Ularning haqiqiy qiymati esa taxminan 4 dollar atrofida bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, zargar amerikalik sayyohni buyumlar haqiqiy va nihoyatda qimmat ekaniga ishontirgan. Ayol ham taqinchoqlarning haqiqiyligiga ishonib, katta miqdorda mablag‘ to‘lagan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli idoralar tomonidan tergov olib borilmoqda.
Mutaxassislar xorijda, ayniqsa notanish bozorlardan qimmatbaho buyum xarid qilishda ehtiyotkor bo‘lish, mahsulotning haqiqiyligini mustaqil ekspertlar orqali tekshirish muhimligini ta’kidlamoqda.






























Izohlar 0
…