Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Oq uyda o‘tkazadigan uchrashuvida Afg‘oniston, Suriya va Rossiya bilan bog‘liq masalalarni muhokama qiladi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti huzuridagi Strategik tadqiqotlar instituti direktori o‘rinbosari Sanat Kushkumboyev "Kazinform" axborot agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
"Gap AQSh bilan hamkorligimizni keng strategik sheriklik darajasiga olib chiqish haqida bormoqda. Qo‘shma Shtatlar – mamlakatimiz mustaqillikni qo‘lga kiritganidan buyon strategik hamkorimizdir", - degan Kushkumboyev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat mintaqaviy va global xavfsizlik masalalarini hal etishda hamkorlik qilib keladi. "Jumladan, Afg‘oniston masalasi ham muzokaralar markazida bo‘ladi. Bundan tashqari, Suriya inqirozi, Rossiya bilan munosabatlar esa, AQShning Yevrosiyo strategiyasi nuqtainazaridan muhokama qilinadi", - degan institut rahbari o‘rinbosari.
Avval xabar berilganidek, 16-18 yanvar kunlari Qozog‘iston prezidenti N.Nazarboyevning AQShga rasmiy safari amalga oshiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi