Eyfel minorasi chiroqlari Qobul terakti qurbonlari hotirasiga yoqib qo’yiladi

Eyfel minorasi chiroqlari Qobul terakti qurbonlari hotirasiga yoqib qo’yiladi
Parij hukumati Eyfel minorasining chiroqlarini Qobulda halok bo’lgan qurbonlar hotirasiga yoqib qo’yishga qaror qildi” deydi shahar meri Ann Idalgo.

Shuningdek u o’zining “Twitter”dagi sahifasida “Yarim tunda Eyfel minorasi chiroqlari Qobul yuragida sodir bo’lgan qabih hujum qurbonlari hotirasiga yoqib qo’yiladi” deya xabar ham qoldirgan.

Xabarda aytilishicha, shahar meri Parij aholisi “terroristik johillik bilan to’qnash kelgan” afg’onistonliklarni qo’llab-quvvatlashayotganlarini ham qayd etib o’tgan.

Eslatib o’tamiz, kecha Qobulda terakt sodir etilgan va natijada 95 nafar inson olamdan ko’z yumgandi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar