16:20 / 17.02.2018
7 547

29 kishidan iborat jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi

29 kishidan iborat jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi
15-16 fevral kunlari Qozog‘istonda o‘tkazilgan maxsus tezkor operatsiya chog‘ida ushbu mamlakat va Qirg‘iziston fuqarolaridan tashkil topgan jinoiy guruh qo‘lga olindi. 29 kishidan iborat jinoyatchilar orasida bojxona, politsiya xodimlari, brokerlar bor, deyiladi "Xalq so‘zi" xabarida.

Operatsiya kontrabandaning oldini olish maqsadida o‘tkazildi.

Jinoiy guruhning 16 nafar a’zosi Almati, Jambil viloyatlarida, 13 nafari Janubiy Qozog‘iston viloyatida ushlangan. Amaliyotda mamlakat Bosh prokuraturasi, Milliy xavfsizlik qo‘mitasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy byurosi xodimlari ishtirok etgan.

Eslatib o‘tamiz, shu yil yanvar oyidagi Qozog‘iston huquq-tartibot organlari tomonidan noqonuniy yo‘l bilan qazib olingan 106 tonnalik oltinni Xitoyga kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tilishiga chek qo‘yilgandi. 15 fevral kuni esa Qozog‘iton-Xitoy chegarasida umumiy qiymati 60 million tenge(187,4 ming AQSh dollari)ga teng xalq iste’moli mollarini olib chiqib ketishga bo‘lgan urinish to‘xtalib qolingan.

Mamlakat qonunchiligiga ko‘ra, jinoyatchilar 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 29 kishidan iborat jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi