Quddus munitsipaliteti nasroniy konfessiyalardan shaharda joylashgan ko‘chmas mulklari uchun soliq tariqasida 180 million dollardan oshiq mablag‘ undirish niyatida. Bu haqda shahar meri Nil Barkat ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti”ga tayanib “Daryo” xabar beri.
“Cherkovlarga tegishli tijoriy maydonlar uchun qarz 650 million shekeldan (salkam 187 million dollar) oshib ketdi. Biz bu og‘irlikni Quddus aholisi zimmasiga yuklash va mazkur ulkan qarzga toqat qilish niyatida emasmiz. Quddusda barcha — nasroniylar, musulmonlar, yahudiylar — qonun oldida barobar”,— dedi Barkat.
Shahar rasmiylari bevosita cherkovlardan tashqari barcha ko‘chmas mulkdan (mehmonxonalar, savdo va ofis binolari) munitsipal soliqlar to‘lashni talab qilmoqda. Ular avvalgi yillar uchun to‘lanmagan soliq uchun ham jarima hisoblab, hisob raqamlarni muzlatishga kirishdi.
Cherkov yetakchilari bu choralarga norozilik belgisi sifatida sayyohlar va ziyoratchilar uchun nasroniylikning asosiy obidalaridan biri — Quddusdagi Iso Masih maqbara-ibodatxonasini yopib qo‘ydi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...