«Fransiyalik o‘rgimchak odam» taxallusi bilan tanilgan Alen Robert 15 mart kuni hech qanday himoya vositalarisiz 187 metrli Tour Total osmono‘par binosiga chiqdi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, «Daryo» xabar berdi.
55 yoshli Alen Robert bunga qadar ham Tour Total’ga chiqishga uringan, biroq unga qo‘riqchilar xalaqit berib qolgan. Bu safar esa u qo‘riqchilarni aldab o‘tishga muvaffaq bo‘lgan. Robert binoni zabt etishga salkam bir soat vaqt sarfladi.
«Men uchun alpinizm — ishqibozlik, hayot tarzi», — deydi Alan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Robert baland binolarni zabt etishni 11 yil oldin boshlagan. Bu vaqt davomida u butun dunyo bo‘ylab 150 dan ortiq o‘smono‘par binolarni, jumladan, Dubaydagi «Burj Xalifa», Eyfel minorasini va Sidneydagi opera teatrini zabt etgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi