5 138
Amerikada yashovchi o‘zbek yigiti xorijliklarni “antiqa usul”da O‘zbekistonga chorlamoqda (video)
Mayami osmoni uzra O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishga yo‘naltirilgan yozuvlar paydo bo‘ldi. KUN.UZ Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakillaridan olingan ma’lumotlarga asoslanib, ushbu voqea tafsilotlari bilan bo‘lishdi.
O‘zbekistonlik Shuhrat Qosimov AQSHga GreenCard orqali ketgan bo‘lib, o‘sha yerda istiqomat qiladi. O‘z faoliyatini yuk tashish mashinalaridan boshlagan o‘zbek yigiti hozirga kelib Amerikada shaxsiy biznesiga ega.
"Bugungi kunda u O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish maqsadida uzbekistanturismo.com saytini ochdi va bu yo‘lda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan hamkorlik qilmoqda, - deydi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov voqeaga izoh berar ekan. - Shuhrat O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirishga qiziqish bildirmoqda. Shu maqsadda Chimyon-Chorvoq hududlarida turizmni rivojlantirish uchun 10 million dollarga yaqin investitsiya kiritmoqchi.
Bundan tashqari, Shuhrat bolalar futbol klubini ochib, uni turizmni rivojlantirish yo‘lida UzbekistanTurismo deb nomlagan. U yashaydigan hududda ispan tilida so‘zlashuvchilar ko‘pchilikni tashkil qilgani uchun jamoa ispancha nomlangan".
Shuhrat Qosimov prezident Shavkat Mirziyoyevning AQSHga tashrifi chog‘ida u bilan uchrashib, O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish haqida suhbatlashishni orzu qilgan, biroq muayyan sabablarga ko‘ra bunga imkon topa olmagan.
Shuhrat O‘zbekistonga qaytishni orzu qiladi, hozirda u o‘z vatanida ekoturizm rivojiga investitsiya kiritish maqsadida Amerikada mehnat qilishda davom etmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?