Rossiya hukumati bugun iste’foga ketadi

1 daqiqa o'qish5.6K
Rossiya hukumati bugun iste’foga ketadi
Dmitriy Medvedev boshqarayotgan Rossiya hukumati bugun, 7 may kuni iste’foga ketadi.

RF prezidenti Vladimir Putinning inauguratsiyasidan so‘ng hozirgi vazirlar mahkamasi lavozimga kirishgan davlat rahbari oldida o‘z vakolatlarini topshiradi.

Bu qaror RF hukumatining prezident lavozimiga kirishgan kundagi tegishli farmoyishi bilan rasmiylashtiriladi.

Shu bilan birga, “eski” vazirlar mahkamasining a’zolari v.b. prefiksini avtomatik tarzda oladi va yangi tarkib shakllanguniga qadar o‘z vazifasini bajarishda davom etadi.

Shundan so‘ng prezidentda Davlat dumasiga bosh vazir lavozimiga nomzodni taklif qilish uchun ikki hafta vaqt bo‘ladi.

E’tiborli tomoni, bosh vazir vazifasini bajaruvchining nomzodi keyin Davlat dumasiga kiritilishi majburiy emas. Masalan, 2004 yilda bosh vazir Mixail Kasyanovning iste’fosidan so‘ng Viktor Xristenko hukumat rahbari lavozimini vaqtinchalik bajardi, biroq Davlat dumasiga Mixail Fradkov nomzodi kiritildi.

Hukumatning hozirgi iste’fosi zamonaviy Rossiya tarixida hisob bo‘yicha 13- va prezident inauguratsiyasi munosabati bilan yettinchisi bo‘ladi.

Putin bosh vazir lavozimiga kimni tayinlashi va vazirlar mahkamasi yangi tarkibiga kimni kiritishi haqida hozircha o‘z fikrlarini bildirmadi.

Davlat rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham kadr o‘zgarishlarini ochiqlamadi va prezident inauguratsiyadan so‘ng, qonun bilan belgilangan istalgan vaqtda Davlat dumasiga bosh vazir lavozimi uchun nomzodni kiritish huquqiga ega ekanini ta’kidlab o‘tdi.

Medvedevning o‘zi ham siyosiy faoliyati haqida aniq hech narsa demadi. Biroq, u avvalroq dam olishga ketmoqchi emasligi va bundan keyin ham ishlashda davom etishni xohlayotganiga ishora qilgandi.

Siyosatshunoslarning fikricha, inauguratsiyadan so‘ng hukumat tarkibining deyarli yarmi yangilanadi. Shu bilan birga, jurnalistlar bilan muloqotga kirishgan vazirlar o‘z kelajagi haqida aniq hech narsa deya olmagan.

Manba: Kun.uz
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?