Keniyada sher suratga olish guruhining kamerasini o‘g‘irladi (video)

Keniyada sher suratga olish guruhining kamerasini o‘g‘irladi (video)
Keniyada Afrika haqida hujjatli filmni suratga olayotgan ijodkorlar jamoasining kamerasini sher o‘g‘irlab ketdi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

Videorolikda dalaning o‘rtasida qoldirilgan kamerani sherlar o‘rab olib, uni qiziqish bilan tomosha qilishayotganligini ko‘rish mumkin. Urg‘ochi sherlardan biri esa atrofni suratga olayotgan kamerini tishlab olib qochgan.

Suratga olish guruhi ham sherning ortidan qolmagan. Keyinroq sher kamerani tashlab, uning shtativini o‘zi bilan olib ketgan.

“Mening Afrikam” nomli hujjatli film Keniya qo‘riqxonalariga bag‘ishlangan bo‘lib, u o‘tgan haftada Xalqaro tabiatni muhofaza qilish hamjamiyati saytida premera qilingan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar