Dyson tishlarni ko‘rib turib tozalaydigan aqlli cho‘tkani taqdim etdi

Dyson og‘iz bo‘shlig‘ini tozalash jarayonini kamera orqali ko‘rsatib turadigan yangi aqlli tish cho‘tkasi — CameraJet'ni taqdim etdi. Qurilma ichki kamerasi orqali tishlar orasidagi bo‘shliqlarni aniqlab, ularni maxsus suyuqlik oqimi bilan tozalashga yordam beradi. Bu haqda Dyson xabar berdi.
Cho‘tkaga o‘rnatilgan 100 ming pikselli makro kamera soniyasiga 28 ta tasvirni tahlil qiladi. Sun’iy intellekt asosidagi tizim tishlar orasidagi bo‘shliqlarni aniqlagach, shu joyga yo‘naltirilgan og‘iz chayish suyuqligini purkaydi. Dyson bu funksiyani “suyuq tish ipi”ga o‘xshash usul sifatida taqdim etmoqda.

Qurilma Wi-Fi va Bluetooth orqali MyDyson ilovasiga ulanadi. Foydalanuvchi smartfon ekranida tishlarni tozalash jarayonini jonli ko‘rishi, qaysi joylar tozalanganini kuzatishi va tozalash texnikasi bo‘yicha tavsiyalar olishi mumkin.
CameraJet'ning AQSHdagi narxi 499,99 dollar etib belgilangan. Qurilma 2026 yil 1 sentyabrdan sotuvga chiqarilgan.































Izohlar 0
…