Xitoy robotlarni politsiya va harbiy vazifalarda qo‘llashni kengaytirmoqda

Xitoyning Shenchjen shahri Lungan tumanida robotlashtirilgan politsiya posti rasman ishga tushirildi. Unda gumanoid robotlar, g‘ildirakli va to‘rt oyoqli patrul robotlari, dronlar hamda uchuvchisiz transport vositalari xizmatga jalb qilingan.
Robotlar ko‘chalarda avtomatik patrul qilish, shubhali xatti-harakatlarni aniqlash, bedarak yo‘qolganlarni qidirish va favqulodda vaziyatlarda yordam berish kabi vazifalarni bajarishi mumkin.
Xitoy harbiy sohada ham robotlardan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Tadqiqotchilar olti robotdan iborat guruh harbiylar bilan birga dushman egallagan binoga kirib, xonalarni tekshirishi mumkin bo‘lgan ssenariylarni ishlab chiqqan.
Boshqa loyihalarda robotlarni dushman hududiga yashirincha kiritish, hududni xaritalash va nishonlarni aniqlash imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Ayrim tadqiqotchilar bunday texnologiyalar kelgusi 5–10 yil ichida jang maydonlarida qo‘llanishi mumkinligini aytmoqda.
Biroq hozircha bu loyihalar asosan tadqiqot va sinov bosqichida.































Izohlar 0
…