5 082
Lo‘li «kinna chiqaraman deb» o‘zbekistonlik ayolning 800 dollarlik taqinchoqlarini olib qo‘ydi
2 may, chorshanba kuni Sankt-Peterburgning Krasnoselskiy tumanidagi Gorelovo qishlog‘ida firibgar lo‘li ayol o‘zbekistonlik ayolni aldab 50 ming rubl (qariyb 800 dollar) pulini oldi, deb yozadi Sputnik'ga tayanib Hordiq nashri.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, firibgar ko‘chada 32 yoshli ayolni to‘xtatib, «kinna chiqarish»ni taklif qilgan. U «tekkan ko‘zni olib tashlash» uchun xususiy firmada bosh buxgalter bo‘lib ishlovchi o‘zbekistonlik ayoldan unga barcha qimmatbaho taqinchoqlarini berishni talab qilgan. Lo‘li 35 santimetrlik tilla zanjir, tilla kulon va tilla ziraklarni olib, ro‘molga tuggan va «duo»larni pichirlab o‘qigan. So‘ng bo‘m-bo‘sh ro‘molni qaytargan. Jami zarar 51 ming rublni tashkil qilgan.
Jabrlanuvchi voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlariga jinoyatchini tasvirlab berdi. Ayni paytda tekshiruv o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin