O‘zini qoyadan tashlamoqchi bo‘lgan erkakni monaxlar qutqarib qoldi (video)

O‘zini qoyadan tashlamoqchi bo‘lgan erkakni monaxlar qutqarib qoldi (video)
Xitoylik janob Xu o‘z joniga qasd qilish niyatida Emeyshan tog‘iga bordi va u yerdan o‘zini pastga tashlamoqchi bo‘ldi, lekin jarlik tepasida u o‘z fikridan qaytdi, deb yozmoqda Darakchi nashri.

Ammo 28 yashar erkak qopqonga tushib qolgan edi. Axir, u o‘z joniga qasd qilish uchun 3000 metrli jarlik labiga kelgandi. Uning baxtiga yaqin atrofdagi monastir monaxlari yordamga yetib kelishdi.

O‘t o‘chirish shlangi yordamida ular xudkushni tortib olishdi. Keyin esa rohiblar janob Xu bilan gurung qilishdi va vaqtinchalik qiyinchiliklar tufayli hayot deb atalmish ne’matdan voz kechmaslikni uqtirishdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar