23:34 / 26.05.2018
4 583

Juftlik to‘yga 200 kishi taklif qildi va pul to‘lamay, g‘oyib bo‘ldi

Juftlik to‘yga 200 kishi taklif qildi va pul to‘lamay, g‘oyib bo‘ldi
Ispaniyaning Vivero munitsipalitetidagi restoranlardan birida yosh juftlik to‘yni katta tantana bilan nishonlab, unga 200 kishi taklif qildi, biroq muassasa egalari to‘lov uchun hisob taqdim etishganida, hech kim pulni to‘lay olmasligi ma’lum bo‘ldi.

Qarz miqdori sakkiz ming yevrodan oshib ketgan. Ispan OAV xabariga ko‘ra, restoranda shunday to‘yni ruminiyalik siganlar o‘tkazishga qaror qilib, 1,5 ming yevro miqdorida dastlabki to‘lovni amalga oshirishgan hamda hujjatlarni taqdim etib, shartnoma imzolashgan.

Biroq, pul to‘lash vaqtida kelganida, mezbonlarga kuyovning otasi hisobni to‘lashi kerakligi, ammo “hozir buning iloji yo‘qligi” va keyinroq pul berilishini aytishgan. Lekin ertasi kuni oilaning bironta a’zosini topib bo‘lmagan, qoldirilgan telefon raqamlarida esa hech kim javob qaytarmagan. Oradan bir necha kun o‘tib, kuyovning akasi rafiqasi bilan bog‘lanishgan. Ayol avvaliga eri avtohalokatga uchragani, keyin esa Ruminiyaga pul olib kelishga ketganini aytgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Juftlik to‘yga 200 kishi taklif qildi va pul to‘lamay, g‘oyib bo‘ldi