18:05 / 28.05.2018
4 021

Gretsiya shimolida yo‘lovchi avtobusni chaqmoq urdi (video)

Gretsiya shimolida yo‘lovchi avtobusni chaqmoq urdi (video)
27 may kuni Gretsiya shimolida, Aleksandrupolisdan Orestiaduga yo‘l olgan yo‘lovchi avtobusini chaqmoq urdi.

Mo‘’jiza ro‘y berib, yo‘lovchilar jabr ko‘rmadi. Avtobus haydovchisi o‘zini yo‘qotmay, tezkorlik bilan avtobus salonidan yo‘lovchilarni chiqarishga harakat qildi.

Yong‘in xavfsizligi xodimlari yetib kelgunga qadar, avtobus deyarli yonib bo‘lgan edi deb xabar berdi Darakchi nashri.

O‘t uchiruvchilar yong‘inni bartaraf etishdi. Bo‘lmasa kuchli olov o‘sha joyda tarqalishi xavfi bor edi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gretsiya shimolida yo‘lovchi avtobusni chaqmoq urdi (video)