13:36 / 31.05.2018
4 233

Samolyot yo‘lovchilari sarosimada qanot ustiga yugurib chiqishdi (video)

Samolyot yo‘lovchilari sarosimada qanot ustiga yugurib chiqishdi (video)
Lion Air aviakompaniyasining Boeing 737 samolyoti yo‘lovchilari parvoz oldidan bomba haqidagi hazildan keyin samolyotdan sarosimada yugurib chiqib, uning qanotiga ustiga sakrayotganlari videosi e’lon qilindi. Yo‘lovchilar u yerdan dvigatel orqali sirpanib yerga tushganlar, biroq ulardan ba’zilari qanotdan tushish va bortdagi tiqilinch vaqtida ko‘plab jarohatlar olganlar.

Yo‘lovchilardan biri oldiga styuardessa kelib, uning sumkasida nima borligini so‘raganda, yo‘lovchi qaltis hazil qilib, bomba borligini aytgan. Buni uning yonida o‘tirgan erkak eshitib, vahima ko‘targan. Ushbu videoni quyidagi HAVOLA orqali ko‘rishingiz mumkin.

Ma’lum qilinishicha, samolyot Indoneziyaning Pontianak shahridan poytaxt Jakartaga uchishi kerak bo‘lgan. Samolyot ko‘zdan kechirilganda bomba topilmagan, biroq 11 kishi jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilgan. Aybdor esa qo‘lga olinib, politsiya tomonidan so‘roq qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Samolyot yo‘lovchilari sarosimada qanot ustiga yugurib chiqishdi (video)