00:30 / 05.06.2018
3 784

Volkswagen Amarok 43 tonnalik tramvayni joyidan qo‘zg‘ata oldi (video)

Volkswagen Amarok 43 tonnalik tramvayni joyidan qo‘zg‘ata oldi (video)
Dizel yoqilg‘isida ishlovchi Volkswagen Amarok mashinasi uzunligi 32,3 metr, og‘irligi 42,9 tonna bo‘lgan tramvayni joyidan qo‘zg‘atib, o‘z ortidan torta oldi, deb yozadi Kun nashri.

“Amarok” 3 litrli, 6 silindrli, 258 ot kuchiga ega dizel dvigatel bilan jihozlangan bo‘lgan.

2000-yillarda Volkswagen Touareg 155 tonnalik Boeing 747 samolyotini joyidan qo‘zg‘ata olgan. So‘ngra bunday tajribalar muntazam o‘tkazib kelingan: Toyota Tundra o‘z ortidan “Indevor” koinot kemasini, Nissan Patrol esa to‘liq yuklangan Il-76 samolyotini torta olgan.

2017 yil mayida esa Porsche Cayenne 285 tonnalik Airbus A380 samolyotini 42 metrga tortib ola borgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Volkswagen Amarok 43 tonnalik tramvayni joyidan qo‘zg‘ata oldi (video)