18:38 / 10.06.2018
3 305

Nazarboyev Xitoy rahbari bilan uchrashuvda muloqot davom etishi lozimligini aytdi

Nazarboyev Xitoy rahbari bilan uchrashuvda muloqot davom etishi lozimligini aytdi
Xitoy raisi Si Szinpin bilan 7 iyun kuni Pekinda uchrashgan Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston-Xitoy munosabatlarning yuksalayotganini ta’kidladi va muloqot davom etishiga chaqirdi, deya xabar berdi rasmiy matbuot.

Nazarboyevning matbuotda tarqatilgan so‘zlariga qaraganda, o‘tgan yili o‘zaro savdo aylanmasi 30 foizdan ko‘proqqa oshgan va deyarli 11 milliard dollarga yetgan.

Qozog‘iston prezidenti ma’muriyatining ma’lum qilishicha, muzokoralar davomida Xitoy tomoni Qozog‘iston qishloq xo‘jalik mahsulotlarini o‘z bozoriga kirib kelishidan, energetika sohasidagi hamkorlik, shunindek madaniy-gumanitar sohasidagi aloqalarning chuqurlashuvidan manfaatdor ekanligini bildirgan.

Nazarboyev ta’kidlashicha, 2012 yildan beri Xitoy rahbarlari bilan 18ta oliy darajada uchrashuv bo‘lib o‘tganini va shu davr mobaynida umumiy qiymati 67 milliard dollarga teng ikki tomonlama 127 ta hujjat imzolangani ta’kidladi. Nazarboyev «ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish uchun bizda yanada katta imkoniyatlar mavjudligi” borasida bayonot berdi.

Nazarboyevning 6-7 iyun kunlari Pekinga tashrifi davomida, Oq o‘rdaning ma’lum qilishicha, o‘nlab hujjatlar, jumladan Qozog‘iston va Xitoy o‘rtasida qo‘shma bayonot, yadro materiallarini radioaktiv chiqindi va xavfli radiotsiya buyumlarni noqonuniy olib o‘tilishini to‘htatish borasida hukumatlararo Bitim, imtiyozli kredit berish masalasida Qozog‘iston hukumati va Xitoy hukumati o‘rtasida Kelishuv imzolandi.

Manba: Tnews.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nazarboyev Xitoy rahbari bilan uchrashuvda muloqot davom etishi lozimligini aytdi