iPhone 18 narxi ma’lum bo‘ldi: yangi Pro modellari yanada qimmatlashadi!

Apple'ning yangi iPhone 18 Pro va iPhone 18 Pro Max modellari avvalgidan qimmatroq narxda sotuvga chiqishi kutilmoqda. Eng qizig‘i, kompaniya har ikki modelni endi 256 GB xotira bilan taklif qilishi aytilmoqda.
Narxlar qancha bo‘ladi?
Ma’lumotlarga ko‘ra, iPhone 18 Pro‘ning boshlang‘ich narxi 1 199 dollar, Pro Max modeliniki esa 1 299 dollarni tashkil etadi. Bu narxlar Apple muxlislari orasida yangi modellarga bo‘lgan qiziqish bilan birga, qurilmalar qiymati haqidagi bahslarni ham kuchaytirishi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, yangi smartfonlarga 12 sentyabrdan oldindan buyurtma berish boshlanadi. Qurilmalarning rasmiy savdosi esa 18 sentyabrda start oladi.
Demak, yangi iPhone'ni birinchilardan bo‘lib qo‘lga kiritishni istaganlar sentyabr oyini kutishiga to‘g‘ri keladi.
Yangi avlod Pro modellari an’anaviy ravishda Apple'ning eng ilg‘or smartfonlari qatoridan joy oladi. Biroq bu safar xaridorlar uchun eng muhim savollardan biri — narx oshishi yangi imkoniyatlar bilan qanchalik oqlanishi.































Izohlar 0
…