00:07 / 23.06.2018
4 470

Argentina termasi fanati jamoasining kechagi mag‘lubiyatidan so‘ng o‘limoldi maktubi qoldirdi-yu, izsiz g‘oyib bo‘ldi…

Argentina termasi fanati jamoasining kechagi mag‘lubiyatidan so‘ng o‘limoldi maktubi qoldirdi-yu, izsiz g‘oyib bo‘ldi…
U Hindistonning Kerala shtatidagi Minachil daryosi bo‘yida yashovchi Dinu Aleks edi. Hozirgi paytda qutqaruvchilar fanatni daryodan qidirishmoqda. Biroq hozircha ijobiy natijaga erisha olishmadi.

Ma’lum bo‘lishicha, fanat Argentina termasi Xorvatiya jamoasiga Rossiyada o‘tayotgan jahon chempionati ikkinchi guruh matchi yakuniga ko‘ra yirik hisobda — 0: 3 hisobda imkoniyatni boy berganiga sira chiday olmabdi. O‘limoldi maktubini qoldiribdi-yu, g‘oyib bo‘libdi. Ko‘pchilik u o‘zini daryoga cho‘ktirgan deb hisoblagani uchun qutqaruvchilar va politsiyachilar o‘sha daryoni, daryo atroflarini titkilab chiqishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, futbol bo‘yicha jahon chempionati bahslari Rossiyaning jami 11 ta shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Chempionat 15 iyul kuni yakun topadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Argentina termasi fanati jamoasining kechagi mag‘lubiyatidan so‘ng o‘limoldi maktubi qoldirdi-yu, izsiz g‘oyib bo‘ldi…